"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2024 yilgi "Oltin to'p" uchun kurash haqida gapirdi.
Italiyalik mutaxassis madridliklar hujumchisi Vinisius Junior sovrinni qo'lga kiritishiga shubha qilmayapti.
"Vinisius - "Oltin to'p". Bunga hech qanday shubha yo'q", - deb Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Cadena SER nashri.
"Real Madrid" shanba kuni "Uembli"da bo'lib o'tgan finalda "Borussiya Dortmund"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Uchrashuvning 83-daqiqasida Vinisius Junior ikkinchi golni urdi. Madridning “Real” klubi tarixida 15-marta evrokuboklarni qo'lga kiritdi.