Dortmundning “Borussiya” klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvida “Real”dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
“Jamoa yaxshi o'ynadi va birinchi bo'limda gol urishi kerak edi. Yaxshi o'ynadik, futbolchilarni ayblab bo'lmaydi. Finalda shunday imkoniyatlarni boy bersangiz, yakunda “Real” yutadi. Ular buni ko'p marta qilishgan", - dedi klub rahbari.
Final “Uembli” stadionida bo'lib o'tdi va “qirollik” klubining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Madridliklar safida gollarga Dani Karvaxal va Vinisius Junior mualliflik qilishdi.