"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior joriy mavsum yakunida "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar bo'lib turibdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shkira.
Kecha, 1 iyun kuni Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya” bilan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilib, turnir finalida bittadan ko'p gol urgan ilk braziliyalik bo'ldi.
Avvalroq u 2021/2022 yilgi mavsumda “Liverpul”ga qarshi finalda gol urgandi. Vinisius shuningdek, sakkizta driblingni ham bajardi, bu 2015 yilda “Yuventus”ga qarshi o'yinda 10 ta dribling amalga oshirgan Lionel Messidan keyin Chempionlar ligasi finalidagi eng yaxshi natija bo'ldi.
Joriy mavsumda Vinisius 39 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.