Yarim himoyachi Toni Kroos "Real" safidagi so'nggi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mening minnatdorchiligim birinchi navbatda rafiqamga qaratilgan. U meni faoliyatim davomida qo'llab-quvvatladi. Futboldan tashqarida yaxshi shaxsiy hayotga ega bo'lish muhim.
Murabbiylarimni ham aytib o'tmoqchiman. Boshida Yupp Xaynkes menga katta yordam berdi. Karlo Anchelotti meni Madridga olib keldi va biz birga bo'ldik. Zinedin Zidan qo'l ostida Chempionlar ligasida ketma-ket uchta g'alaba qozongan vaqt ham bo'ldi. Muvaffaqiyat uchun menda juda yaxshi sharoitlar bor edi", - dedi Kroos.
Avvalroq, 34 yoshli yarim himoyachi Evro-2024'dan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi.