Belgiya terma jamoasi va “Real” klubi darvozabonining otasi Terri Kurtua o'g'lining og'ir jarohatdan qanday tuzalib ketgani haqida gapirib berdi.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi darvozaboni xochsimon paylarini shikastlab, uzoq muddatga safdan chiqqandi.
"Reabilitatsiya a'lo darajada o'tdi. Buning uchun "Real Madrid"ga ham, Tibo atrofidagilarga ham rahmat aytish kerak.
Uning rafiqasi homilador bo'lishiga qaramay, Kurtuani qo'llab-quvvatlash uchun hamma narsani qildi", - dedi katta Kurtua.