«Real» klubining o'tgan mavsumda ishlab topgan mukofot pullariga oydinlik kiritildi.
Hisobotga ko'ra, madridliklar 2016/17 mavsumida 690,3 mln evro daromad olgan.
Shundan 54 mln evro - futbolchilarni sotishdan, 254 mln evro - marketingdan, 165 mln evro - homiylardan va telehuquqlarni sotishdan olingan daromad, 137 mln evro - La Liga va Chempionlar ligasida qo'lga kiritilgan mukofotlardan iboratdir.
Bundan tashqari, jamoa o'tgan mavsuda UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham g'alaba qozongan.