2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Real Madrid" "Liverpul"ga qarshi o'ynagandi.
Madridliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi, o'sha oqshom Garet Beyl zaxiradan maydonga tushganidan so'ng dubl qayd etgandi.
Ayniqsa, uelslik futbolchining gollaridan biri chiroyli bo'lib chiqdi - Beyl "qaychi" zarbasi bilan gol urgan.
Bir necha yil oldin faoliyatini yakunlagan Beyl bu golni o'zining eng yaxshi xotirasi deb ta'rifladi.
Uelslik futbolchi "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning o'yindan so'ng aytgan so'zlari haqida ham gapirdi.
"O'sha goldan so'ng Klopp menga "nega bunday qilding, degandi?!", deya esladi Beyl.