UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvida Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ispan klubi 2:0 hisobida g'alabani nishonladi va 15-marta kubokni qo'lga kiritdi.
Kasalligi sababli hal qiluvchi bahsni o'tkazib yuborgan «qaymoqranglilar»ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin faoliyatida ikkinchi marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. U bu cho'qqiga ikki marta erishgan tarixda birinchi ukrainalik hisoblanadi.
Yakunlangan Chempionlar ligasida Lunin sakkizta o'yin o'tkazdi, shulardan ikkitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Eslatib o'tamiz, finalda belgiyalik Tibo Kurtua madridliklar darvozasini qo'riqladi.