«Real» hujumchisi Vinisius Junior 30 va 31 may kunlari yuqori haroratdan aziyat chekkani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi final bahsini asosiy tarkibda boshlaydi. Demak, shifokorlar uni davolashga ulgurishgan.
Vinisius ichgan dorilar foyda berdi hamda futbolchi bugun kun davomida o'zini yaxshi his qildi.