Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti Rodrigoga «Manchester Siti»dan bo'layotgan qiziqishga munosabat bildirdi

Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti «qaymoqranglilar» futbolchisi Rodrigoga boshqa klublardan qiziqish borligi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti «qaymoqranglilar» futbolchisi Rodrigoga boshqa klublardan qiziqish borligi haqida gapirdi.

Avvalroq braziliyalik futbolchiga «Manchester Siti» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kelayotgan yozda hujumchi Kilian Mbappe jamoaga qo'shilganidan so'ng, Rodrigo jamoadagi o'rnidan xavotirda ekanligi haqida ma'lumotlar bor.

«Men futbolchilarimga ishonaman, Rodrigo ulardan biri. U «Real Madrid» uchun juda muhim futbolchi bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Hech qanday o'zgarishlar yo'q», - deya italiyalik mutaxassisdan iqtibos keltiradi "AS".

Joriy mavsumda Rodrigo klub safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta golga mualliflik qilgan.

BestMaster
31 May 2024, 23:00
anchelotti, rodrigoga, «manchester, siti»dan, bolayotgan, qiziqishga, munosabat, bildirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Yaxshi zor omad
31 May 2024, 23:19
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads