"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl Madrid klubi haqida gapirdi.
"Men "Real Madrid"da uzoq vaqt o'tkazdim. Men hali ham jamoa natijalarini kuzatib boraman, bu menga yoqadi.
"Real"ni bolaligimda qanday qo'llab-quvvatlagan bo'lsam, hozir ham o'zgarmaganman. "Real"ning kubokni ko'tarishini kutaman", - deya Beylning so'zlarini keltirmoqda Marca.
Umumiy hisobda Beyl “Real” safida 258 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 106 ta gol va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan.