Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning xarakteri haqida gapirdi.
“Ego jamoadagi juda muhim jihat. "Real Madrid"da hozir juda kam ego bor. Ego yomon narsa emas. Bizda gol urishni kanda qilmaydigan katta egoist o'yinchilar bor edi, lekin siz ego va shaxsiyatni farqlashingiz kerak. Katta egoga ega o'yinchilar sezilarli xarakterga ega.
Masalan, Serxio Ramos. Menda Serxio Ramosdek kuchli xarakterli futbolchi bo'lmagan. U ajoyib shaxsiyatga ega edi.
Kichkina egosi bo'lgan, lekin katta xarakterga ega futbolchi Pepe edi. Katta ego va shaxsiyat bilan - Krishtianu Ronaldu ajralib turgan”, - dedi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.