«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolash jarayoni borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Avvalroq tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Ronaldu Neymar va Messi kabi yiliga 30-40 million evro maosh talab qilayotgan bo'sa, klub unga 25 million evro taklif qilmoqda.
«Marko Asensio Krishtianu haqida to'g'ri fikr bildirdi. Ronaldu — barcha uchun o'rnak. Buni futbolchilar yaqindan his qilishadi. Uning energiyasi boshqa yigitlarga o'tadi.
Asensio shartnomani uzaytirganidan xursandman. U bunga munosib. Yangi shartnoma tuzgan futbolchilar uchun xursandman. Umid qilaman, qolgan futbolchilar ham jamoada qolishadi.
Ronaldu yaxshgi o'ynamoqda. U o'zi yaxshi ko'rgan ishni ko'proq bajarmoqda — o'ynamoqda va gollar urmoqda. Uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatga aralashmoqchi emasman. Bu klub va futbolchi o'rtasidagi ish. Ishonchim komil, hammasi yaxshi bo'ladi. U va klub o'rtasida muammo yuzaga kelmaydi. Uning uchun eng muhimi — maydonga tushish va o'ynash», – dedi Zidan.