Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal yarim himoyachi Toni Kroos bilan xayrlashgani haqida fikr bildirdi.
Nemis futbolchisi 2024-yilgi Evropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
“Kroos to'g'ri paytda ketishga loyiq edi. Toni futbol afsonasi va u faoliyatida munosib xayrlashdi.
U bizga Chempionlar ligasining 15-kubogi uchun kurashda ham yordam beradi. Toni o'z so'zida turdi, "Real Madrid" uning so'nggi klubi bo'ladi.
Biz bu lahzani hurmat qilishimiz kerak", - deya ispaniyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca gazetasi.