«Real» hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi gol haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Madridliklar videokundalikda Vinisius shunday dedi: «Ronalduning «Yuventus» darvozasiga urgan akrobatik uslubdagi goli men Chempionlar ligasi tarixida ko'rgan eng yaxshi gol».
2018 yilda Chempionlar ligasi 1/4 finalining «Yuventus» va «Real» o'rtasidagi o'yinda o'sha voqea sodir bo'lgandi. 63-daqiqada Dani Karvaxalning uzatmasidan so'ng «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaychi uslubida dahshatli gol urganidan so'ng butun stadion o'rnidan turib, portugaliyalikni olqishlay boshladi.