"Real Madrid" darvozabon Andrey Lunin yozgi transfer oynasida jamoani tark etishni xohlashidan jiddiy qo'rqadi. Qo'rquv shuki, ukrainalik posbon Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, Andrey noyabr oyidan buyon "Qirollik klubi"ning asosiy darvozaboni bo'lib kelayotgandi, biroq Tibo Kurtua jarohat tufayli uzoq muddatdan so'ng asosiy tarkibga qaytdi. Avvalroq Lunin "Real" bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor ekani xabar qilingandi, ammo endi 25 yoshli ukrainalik o'z fikrini o'zgartirishi mumkin.
Agar boshqa klubdan unga barqaror o'yin tajribasini kafolatlaydigan jozibador taklif tushsa, Andrey "Santyago Bernabeu"ni tark etishi mumkin.