Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior uni maydon tashqarisida kimlar ilhomlantirgani haqida gapirdi.
“Bu Pele, Kobi Brayant, Ronaldu Nazario, Maykl Jordan, LeBron Jeyms va Krishtianu Ronaldu. Men ularning har biridan nimadir oldim. Pele bizning qirolimiz.
Ronaldo braziliyalik yulduz edi va "Real Madrid"da o'ynagan. U menga ko'p narsani o'rgatadi va har safar qo'ng'iroq qilib maslahat beradi.
U menga eng mas'uliyatli lahza darvozabon bilan yakkama-yakka chiqish ekanligini aytganidan beri men bu haqda o'ylay boshladim va u bilan bo'lgan suhbatdan keyin ancha yaxshi futbolchiga aylandim.
Endi har safar yakkama-yakka vaziyatga chiqsam, imkon qadar xotirjam bo'laman", — deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.