"PSJ" futbolchisi Kilian Mbappe 2022 yilda "Real"ga o'tishi mumkin edi. Biroq u Parijda qolishni afzal ko'rdi.
"Bu shunchaki "PSJ"da qolishdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi.
Qatarda jahon chempionati va boshqa ko'plab nyuanslar bor edi. Bu muhim va qiyin qaror edi, lekin men hech narsadan afsuslanmayman.
Albatta, karerangiz davomida qiyin qarorlar qabul qilishingiz ham kerak, men shunday qildim. Ammo men "PSJ" bilan barcha davrlarning eng yaxshi to'purari bo'ldim.
Men faqat eng yaxshi xotiralarni eslamoqchiman", — deya Mbappening so'zlarini keltirmoqda CNN Sport.