"Valensiya" akademiyasida to'p surayotgan Ferran Torres ispan grandlari nazariga tushdi, bu haqida AS nashri xabar berib o'tadi.
17 yoshli futbolchiga hozirgi kunda "Real" va "Barsa" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Torresning "Valensiya" bilan amaldagi shartnomasi 2019-yilda yakuniga yetadi, uning transfer narxi esa 8 mln yevro qilib belgilangan.
Ma'lumot uchun, Ferran Ispaniya U-17 tarkibida Yevropa chempionligini qo'lga kiritdi.