Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Globe Soccer Awards mavsumning eng yaxshilarini aniqladi

Globe Soccer Awards marosimida eng yaxshilar taqdirlandi.

.
- Yuklab olish

Globe Soccer Awards marosimida eng yaxshilar taqdirlandi.

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiliandan tashqari ushbu sovrin uchun Juda Bellingem (“Real”), Filip Foden (“Manchester Siti”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Seru Girassi (“Shtutgart”), Erling Holand (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Bavariya”), Lautaro Martines (“Inter”), Rodri (“Manchester Siti”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”) va Vinisius Junior (“Real”) kurash olib borgandi.

Mbappe joriy mavsum “PSJ” safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, 44 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Manchester Siti” esa 2023/24 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi klubi sovrinini qo'lga kiritdi.

“Shaharliklar” “Bayer”, “PSJ”, “Inter”, “Atalanta”, “Sporting”, “Barselona”, “Real”, “Arsenal” va “Jirona” kabi klublarni ortda qoldirdi.

Pep Gvardiola shogirdlari joriy mavsum Angliya chempionligini qo'lga kiritdi va Angliya Kubogi finaliga qadar etib bordi.

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Shuningdek, sovrin uchun Yamaldan tashqari Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga (ikkalasi ham “Real”), Koul Palmer (“Chelsi”), Jamal Musiala (“Bavariya”), Riko Lyuis (“Manchester Siti”), Uorren Zair-Emeri (“PSJ”), Joau Nevesh (“Benfika”), Kobbi Maynu (“Manchester Yunayted”) va Pau Kubarsi (“Barselona”) kabi futbolchilar nomzodi qo'yilgan edi.

BestMaster
29 May 2024, 13:00
globe, soccer, awards, mavsumning, yaxshilarini, aniqladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Leipsig 0-1 Real Madrid Real Madrid 1-1 Leipsig Real Madrid 3-3 Man.city Man.city 1-1 Real Madrid (pen 3-4) Bawarya 2-2 Real Madrid Real Madrid 2-1 Bawarya Final Borussiya Dortmund vs Real Madrid 01.06.24
30 May 2024, 12:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads