"Jirona" ustozi Michel Ispaniya chempionatida mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinini oldi.
48 yoshli mutaxassis boshchiligidagi kataloniyaliklar jamoasi sensatsion tarzda Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritib, La Liga turnir jadvalida 3-o'rinni egalladi.
81 ochko to'plagan "Jirona"dan faqatgina "Barselona" (85) va "Real Madrid" (95) yuqoriroq o'rinni egallagan.
Bundan tashqari, "oq-qizillar" 85 ta gol urishdi - o'sha "Real"dan keyingi ikkinchi ko'rsatkich. Michel 2021 yilning yozidan beri “Jirona”ni boshqarib kelmoqda.
Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.