Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. Yulduz germaniyalik yarim himoyachi 34 yoshida futboldagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Futbolchining "Real" uchun so'nggi o'yini "Borussiya Dortmund"ga qarshi Chempionlar ligasi finali qoldi.
"Kelajak rejalari? Men bolalarim bilan uyda bo'laman. Mening futbol akademiyam bor, Germaniyada ham mini-liga ochganman", - deydi Kroos.
"Real Madrid" - "Borussiya" uchrashuvi 1 iyun kuni bo'lib o'tadi. Agar "Los Blankos" g'alaba qozonsa, Toni Kroos 6 karra Chempionlar Ligasi g'olibiga aylanadi.