Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde sakkizinchi raqamni Toni Kroosdan meros qilib olishi mumkin. Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum oxirida 34 yoshida faoliyatini yakunlaydi. O'yinchi ketganidan keyin sakkizinchi raqam bo'sh qoladi, ehtimol Valverde uni oladi.
"Men sakkizinchi raqamni kiyishdan mamnun bo'lardim. Allaqachon Toni bilan bu haqda gaplashganman. Raqam men uchun unchalik muhim emas, muhimi uning o'zi menga bu raqamni bermoqchi. Uning qilgan ishini juda qadrlayman", - deydi 25 yoshli urugvaylik futbolchi.
Nemisning "Real" uchun faqat bitta o'yini qoldi. Bu 1 iyun kuni bo'lib o'tadigan "Borussiya Dortmund"ga qarshi Chempionlar ligasi finali.