"Real"ning 38 yoshli futbolchisi Luka Modrich o'z rejalari haqida gapirdi. 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan Toni Kroosdan farqli o'laroq, xorvatiyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.
"Men qachon nafaqaga chiqishimni aniq ayta olmayman. Bu mening his-tuyg'ularimga bog'liq bo'ladi. Hozir o'zimni jismonan shu qadar yaxshi his qilyapmanki, elita saviyasida o'ynashda davom etishimga to'liq ishonaman. Yoshga qaramaslik kerak", - deya Modrich so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
1 iyun kuni Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.