«Real» himoyachisi Daniel Karvaxalning yuragi bilan bog'liq kasallik kelib chiqdi. 25 yoshli futbolchining organizmida yuraginining normal ishlashiga to'sqinlik qiladigan virus borligi aniqladi.
Marca nashrining xabar tarqatishicha, Karvaxal ushbu muammo tufayli 1,5 oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, 2010 yilda shunga o'xshash kasallik tufayli «Real» tarbiyalanuvchisi Ruben de la Red faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgandi.