"Real" va "Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Garet Beyl VAR tizimi haqida fikr bildirdi.
"Bu tizim futboldagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishi kerak edi, ammo bu vaziyatni yanada og'irlashtirdi. Men inson xatosi omilini afzal ko'raman. Takror lavhada hamma narsa real vaqtdagidan farq qiladi. Tasvirni sekinlashtirsangiz, to'p qo'lga tegishi haqiqiy hayotdan ko'ra aniqroq ko'rinadi. Bu menga yoqmaydi. Men futbolda VAR qo'llanilishini istamayman", - dedi uelslik sobiq futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Beyl futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uning so'nggi klubi AQShning "Los-Anjeles" klubi bo'ldi.