"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl yarim himoyachi Jud Bellingemning o'yinlari haqida gapirdi.
“Bunday yoshda Bellingem qiladigan ishni qilish ajoyib. Uning shunday shiddatli va bosim bilan o'ynashini tomosha qilish ajoyib... U ajoyib start oldi. Ularni yana bir katta o'yin kutib turibdi. Bellingem uchun "Real" bilan birinchi mavsumida Chempionlar ligasida g'alaba qozonish ajoyib bo'lardi", - dedi Beyl.
Chempionlar ligasi finali 1 iyun shanba kuni “Uembli”da bo'lib o'tadi.