«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi final o'yini oldidan nima eyishi haqida gapirdi.
“Brokkoli, qizil ikra va makaron. Men buni eyman. Bir soat uxlashning zarari bo'lmaydi. Agar, albatta, ish bersa, bular menga finalda o'z kuchini ko'rsatadi.
Barcha fikrlar o'yin haqida bo'ladi. O'yindan oldingi suhbatda yuragim tez ura boshlaydi, yurak urishim 110-120 ga etadi va o'yin boshlangunga qadar shunday bo'ladi.
Biroq bu taomnoma bilan yuragim o'z ritmiga qaytadi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi AS.