"Real" hujumchisi Vinisius Junior ba'zi savollarga javob berdi. Braziliyalik futbolchi o'z o'yiniga jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ta'sirini qayd etdi.
"Karlo meni o'zgartirdi. U menga boshqacha o'ynashni o'rgatdi. U doim menga ko'proq gol urishim mumkinligini aytgan", - deya Vinisius so'zlarini keltirmoqda AS.
Vinisius 2024 yilda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritadigan futbolchi nomini ham aytib o'tdi.
"Oltin to'p" Bellingemga beriladi", - dedi Vinisius.
Madridning “Real” klubi ayni damda Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 1 iyun, shanba kuni maydonga tushadi.