25 may, shanba kuni “Real” liganing 38-turi doirasida o'z maydonida “Betis”ga qarshi bahs olib bordi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi. Madridliklar darvozasini Tibo Kurtua va Kepa Arrizabalaga navbat bilan qo'riqladi.
Birinchi bo'limda “Betis” o'yinchisi ofsayddan gol urdi. Ushbu epizodda Kurtua unchalik ishonchli o'ynamadi, bu haqda unga tanaffus vaqtida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aytib o'tdi.
"Tibo, biz finalga etti kun qolganida bunday noaniqlikni ko'rsata olmaymiz", - deya italiyalikning so'zlarini keltiradi Real Madrid Exclusivo.
Ko'pchilik muxlis va mutaxassislar 1 iyun kuni Dortmundning “Borussiya”si bilan Chempionlar ligasi finalida “Real” safida kim o'ynashi kerakligi haqida bahslashishda davom etmoqda. Tibo Kurtua yoki mavsumning asosiy qismini asosiy tarkibda o'tkazgan Andrey Lunin.