Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar berdi.
Manbaga ko'ra, darvozabonning kelajagi Chempionlar ligasi finaliga bog'liq emas. Qayd etilishicha, Lunin asosiy tarkibga tushmasa ham, yangi shartnoma imzolaydi.
25 yoshli Lunin 2018 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazib, 32 ta gol o'tkazib yubordi va 12 marta o'z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.