“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland “shaharliklar” uchun to'qqizta yarim final va final o'yinida birorta ham gol ura olmadi.
2023 yilning yozida «Manchester Siti»ga kelib qo'shilgan va ikki karra Premer-liga to'purari bo'lgan 23 yoshli norvegiyalik hujumchi «Siti» safida o'ynab, kubok bahslarining birorta ham yarim finalida yoki finalida gol ura olmagan.
2023/2024 yilgi mavsumda Xoland Angliya Superkubogi finali, UEFA Superkubogi finali va Angliya Kubogi finalida maydonga tushdi va bu o'yinlarda samarasiz bo'ldi.
Avvalgi mavsumda norvegiyalik futbolchi Chempionlar ligasining ikkita yarim finali va turnir finali, Angliya Superkubogi finali, Angliya kubogi yarim finali va finalida o'ynagan. Bu o'yinlarda ham Xoland samarali harakatlarini amalga oshira olmadi.