"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos 2014 yilning yozida "Barselona"ga o'tishi mumkin edi.
Bu haqda jurnalist Ronda Brekkon xabar bermoqda. “Toni Kroos bilan bo'lgan vaziyatni eslayman. Pep Gvardiola o'shanda "Bavariya"ni boshqargan va futbolchining klubni tark etish istagi haqida bilar edi.
Gvardiola uni "Barselona"ga tavsiya qildi. Tonining o'zi qaerga borishni hal qila olmadi: "Real Madrid" yoki "Barselona".
"Ko'k-anorranglilar" Kroosga ishonchlari komil emasdi va Serxi Samperga pul tikishdi", - deb yozdi Brekkon ijtimoiy tarmoqlarda.