Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: “Kross — nemis! Uning fikrini o'zgartirish qiyin”

Karlo Anchelotti germaniyalik yarim himoyachi 2024 yilgi Evropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganidan keyin Toni Kroos bilan suhbati haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti germaniyalik yarim himoyachi 2024 yilgi Evropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganidan keyin Toni Kroos bilan suhbati haqida gapirdi.

“Biz bu haqda gaplashdik, u eng yuqori saviyada tugatishni xohlayotganiga amin edi. Shu tarzda xayrlashish ideal bo'lardi. Har bir inson yuqori notada tugatishni xohlaydi, lekin keyin buni amalga oshirish uchun futbolchida jasorat bo'lishi kerak.

U xotirjam va nima qilayotganini yaxshi biladi. U nemis va uni fikrini o'zgartirishga majbur qilish juda qiyin”, — deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Marca.

Kroos 2014 yilning iyulida “Bavariya”dan “Real”ga o'tgan edi. Transfer summasi 25 million evroni tashkil etdi, futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Transfermarkt nemis futbolchisini 12 million evroga baholaydi, Kroos “qirollik” klubi safida jami 463 o'yin o'tkazib, 28 gol urdi va 98 golga assistentlik qildi.

“Real” bilan yarim himoyachi to'rtta Ispaniya chempionligi, bir marta Ispaniya kubogi va to'rt bora Ispaniya Superkubogi, shuningdek, to'rt  marta Chempionlar Ligasi bosh sovrini, to'rt bira UEFA Superkubogi va besh bora klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

BestMaster
25 May 2024, 12:00
anchelotti, “kross, nemis!, uning, fikrini, ozgartirish, qiyin”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Ha omad
25 May 2024, 14:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads