"Real Madrid"ning 38 yoshli markaziy yarim himoyachisi Luka Modrich 1 iyun kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finalidan so'ng darhol klub bilan yozda yakunlanadigan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, xorvatiyalik futbolchining shartnomasi bir yilga uzaytiriladi. Muddati uzaytirilgach, Modrich Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun Xorvatiya terma jamoasiga jo'nab ketadi.
"Real Madrid" Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya"si bilan o'ynaydi. Uchrashuv Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
Joriy mavsumda Modrich barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.