"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlashdan oldin muxlislar bilan kamtarona xayrlashmoqchi.
La Liganing 38-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi bo'lajak o'yin nemis futbolchisi uchun "Santyago Bernabeu"dagi "qaymoqranglilar"dagi so'nggisi bo'ladi.
Diario AS xabariga ko'ra, "Real" Kroos bilan klub safidagi so'nggi uy uchrashuvida katta xayrlashuv marosimini o'tkazishni rejalashtirgan, biroq futbolchi buni rad etgan. U o'zini "kamtarona" narsa bilan cheklashni afzal ko'radi.