Madridning “Real” klubi “Espanol”dan ijaraga olingan hujumchi Xoselu borasida bir qarorga keldi.
34 yoshli futbolchi mavsumni ajoyib o'tkazdi va "Los Blankos"ni o'zining to'liq transferiga munosibligiga ishontirdi. Jurnalist Patrik Bergerning yozishicha, “Real” futbolchini sotib olish variantidan foydalanishga qaror qilgan. Hujumchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Xoselu joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ispaniyalik futbolchining Chempionlar ligasining javob yarim finalida “Bavariya”ga qarshi o'yindagi dubli (2:1) madridliklarga turnir finaliga yo'llanma olib keldi.