Bundan roppa-rosa 10 yil avval, 2014-yilning 24-may kuni Lissabonda “Real” va “Atletiko” o'rtasida Chempionlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tgandi.
Kubok uchun kurash dramatik kechdi - 36-daqiqada Diego Godin hisobni ochdi, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtning uchinchi daqiqasigacha “matraschilar” oldinda borishayotgan edi.
Keyin esa burchak zarbasidan so'ng Serxio Ramos gol urdi va hisob 1:1 bo'ldi. Asosiy vaqtda qo'ldan boy berilgan g'alaba “Atletiko” uchun jiddiy zarba bo'ldi.
Qo'shimcha bo'limlarda Diego Simeone shogirdlari o'z darvozalaridan yana uchta gol o'tkazib yuborishdi - Garet Beyl, Marselo va Krishtianu Ronaldu gol urishdi.
"Real Madrid"ning bu muvaffaqiyati "la decima" deb nomlanadi, chunki bu klub tarixidagi 10-evrokubok bo'lgandi.
O'shanda "qaymoqranglilar"ning murabbiyi Karlo Anchelotti edi, u hozir ham jamoa bilan ishlaydi.
"Real Madrid" shu kungacha 14 marta evrokuboklarda g'alaba qozongan. 1 iyun kuni "Los-Blankos" 15-marta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega.
Finalda Anchelotti shogirdlari “Borussiya” bilan kuch sinashadi.