Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrich va himoyachi Nacho Fernandesning kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.
"Nacho ketayotgani, Modrich qolgani rostmi? Bu klub afsonalari o'z kelajagini o'zlari tanlaydi, men buni doim aytganman. Kroos o'z qarorini qabul qildi va biz uni hurmat qilamiz. Ammo shunday futbolchilar borki, ular boshqacha qaror qilishi mumkin.
Nacho hali yakuniy qarorini qabul qilmagan. U keyinroq qaror qabul qiladi, hozir bor e'tiborini Chempionlar ligasi finaliga qaratgan", - dedi Anchelotti juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.