Shanba kuni yarim himoyachi Toni Kroos "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" safidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi. Nemis futbolchisi yaqinda Evropa chempionatidan so'ng faoliyatini yakunlash to'g'risida qarorini ma'lum qildi.
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kroos 2024 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkinmi degan savolga javob berdi.
"Oltin to'p"? Men bu haqda bilmayman. Agar biz Chempionlar ligasida g'alaba qozonsak, "Real Madrid"ning istalgan futbolchisi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Lekin biz uchun bu muhim emas. Jamoa unvonlari biz uchun muhim", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Chempionlar ligasi finalida "Real" 1 iyun kuni Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.