Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining so'nggi turi “Betis”ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan uchrashdi.
Italiyalik mutaxassis yarim himoyachi Aurelien Tchuameni Chempionlar ligasi final o'yini vaqtida jarohatidan forig' bo'lib ulgurmasligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
"Tchuameni Evropa chempionatigacha tiklanish uchun harakat qilmoqda", dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
"Real"ning Chempionlar ligasi finalidagi raqibi Dortmundning "Borussiya"si bo'ladi. Jamoalar 1 iyun, shanba kuni maydonga tushadi.