"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi. Nemis nima uchun 34 yoshida butsasini mixga ilishga qaror qilganini tushuntirdi.
“Atrofimdagi odamlar menga hamma narsa tugaganligini aytishlari kerakligini his qilishni xohlamadim. Yoki yana ikki-uch yil zaxirada o'tirishim kerak. Bularning barchasidan qochishga muvaffaq bo'lganimdan xursandman", - deya Kroosning so'zlarini keltiradi Marca o'z sahifalarida.
Toni Kroos Germaniya terma jamoasi safida o'z uyidagi Evropa chempionatida o'ynaganidan so'ng, futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi.