Madridning «Real» klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga kelasi mavsumda faoliyatini qaerda davom ettirishini hali hal qilmagan. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi «qirollik klubi»da Londonning «Chelsi» klubidan ijara asosida o'ynamoqda.
"Marca" xabariga ko'ra, «aristokratlar» rahbariyati haftasiga 160 ming evro atrofida maosh oladigan Arrisabalagani rejalariga kiritmagan. Shu sababdan ispaniyalik darvozabon yangi jamoa izlashga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» Arrisabalaga doimiy ravishda xarid qilmaslikka qaror qilgan. Sababi Kepa mavsumni zaxirada boshlagan Andrey Luninga asosiy tarkib uchun kurashda imkoniyatni boy bergan.