Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xargrivz: "Kroos tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligini isbotladi"

.
- Yuklab olish

Ouen Xargrivz Toni Kroosning futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.

"Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Evro-2024dan keyin faoliyatini yakunlaydi.

"Men u 16 yoshida "Bavariya"ning asosiy jamoasiga tushganini eslayman. U kichkina edi! Prezidentimizning bir kun kelib bu futbolchi eng ishonganlarimizdan biri bo'ladi, deganini eslayman va u haq edi.

Uning bunchalik buyuk bo'lishini hech kim bashorat qila olmasdi, deb o'ylayman. U, ehtimol, barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri. Menimcha, Kroos tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligini isbotladi.

Uning nafaqaga chiqishi juda achinarli, chunki uning o'yinini va o'yinga bo'lgan qarashini hisobga olsak, u 38 yoki 39 yoshgacha o'ynashi mumkin, chunki u jismoniy kuchga tayanmaydi", dedi "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi.

BestMaster
24 May 2024, 11:00
xargrivz, kroos, tarixdagi, yaxshi, futbolchilardan, biri, ekanligini, isbotladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads