"Real" klubi bilan Uels terma jamoasi murabbiylari shtabi o'rtasida manfaatlar to'qnashuvi yuz berdi.
Managing Madrid xabariga ko'ra, Qirollik klubi ustozi Zayniddin Zidan hujumchi Garet Beylning JCh-2018 saralash o'yinlarida maydonga tushishiga keskin qarshilik qilmoqda. Klub shifokorlari tashxisiga ko'ra, futbolchida mushaklarning charchoq alomatlari bor. Agar u dam olmasa, jarohatini yangilab olishi mumkin.
Uels terma jamoasi esa JCh-2018 yo'llanmasi uchun kurashda Beylning xizmatiga juda ham muhtoj. Ayni paytda uelsliklar D guruhida 14 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Saralashning so'nggi 2 turida Uels safarda Gruziya va o'z maydonida Irlandiya bilan bellashadi.