Madridning “Real” klubi joriy mavsum “Qirollik klubi”da “Espanol”dan ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Xoselu borasida haligacha bir qarorga kelmagan. “Los-Blankos” ispaniyalikni bir yarim million evroga sotib olish imkoniyatiga ega.
Insayder Xose Feliks Diasning xabar berishicha, Xoselu rahbariyat va barcha jamoadoshlar ishonchini qozona oldi. Biroq, uning kelajagi hali ham noaniq, chunki ikki hujumchi Kilian Mbappe va Endrik yozda "Real Madrid" safiga qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Xoselu Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya" bilan Chempionlar ligasining javob yarim finalida forvard dubl qayd etdi va "Real"ga "Uembli"ga yo'llanma olishiga yordam berdi.