“Real” a'zosi Marko Asensio “Real” bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi. U “Oltin to'p” haqida o'ylamayotganini bildirdi.
“Bugun men uchun juda muhim kun. Dunyoning eng kuchli klubi bilan shartnomani uzaytirish — bu ajoyib.
Ayni paytda “Oltin to'p” haqida o'ylayotganim yo'q. Chunki hali juda yoshman. Bu sovrinni qo'lga kiritadigan vaqt keladi hali”, dedi Asensio.