Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Saudiya Arabistonidan kelgan foydali takliflardan vasvasaga tushmadi. Yaqinda ma'lum bo'lishicha, xorvatiyalik futbolchi nihoyat "Real"da qolishga qaror qilgan va klub u bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaydi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, 38 yoshli yarim himoyachi avvaliga Saudiya Arabistoniga o'tishga qiziqmagan. Yulduz futbolchi ko'plab mish-mishlarga qaramay, klubda o'ynashni davom ettirmoqchi edi.
Luka Modrich joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.