«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio kuni kecha jamoa bilan 2023 yilgacha bo'lgan yangi shartnomaga imzo chekdi. Shu munosabat bilan u o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Bugun men uchun juda muhim kun. Jahonning eng yaxshi jamoasi bilan shartnomani uzaytirish — faxrlansa arziydigan narsa.
Men "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish haqida o'ylamayapman. Boisi, hali yoshman. Hammasi o'z vaqtida bo'lgani yaxshi", — dedi Asensio.
Asensioning «Real» bilan avvalgi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgandi. Yangi shartnoma bo'yicha uning tovon puli 500 mln evro etib belgilandi.