"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos boshqa jamoaga o'tishga hech qachon yaqin bo'lmaganini tan oldi. Nemis futbolchisi seshanba kuni e'lon qilinganidek, 34 yoshida faoliyatini yakunlaydi.
“Men har doim imkon qadar sodiq bo'lishga harakat qildim. Bu erda o'ynagan o'n yil davomida qancha turli mish-mishlar yurganini eslaganimda... Ularda zarracha haqiqat yo'q edi. Bu vaqt davomida men uchun faqat "Real" mavjud edi", - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Toni Kroosning jamoa safida o'ynashi uchun bor-yo'g'i ikki o'yin qoldi. La Liganing so'nggi turida “Betis”ga va Chempionlar Ligasi finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi.